Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Prokuror Samarqandda rafiqasiga majburlab pampers yedirgan erkakni 8,5 yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi
24.11.2020 12:35,  
268

Sudya Zarifa Ahmedova raisligida 2020 yil 23 noyabr kuni davom ettirilgan sud majlisida tomonlarga muzokara uchun so‘z berilgan.

Sud muzokarasida dastlab davlat ayblovchisi, Samarqand shahar prokurori o‘rinbosari Umid Hakimov sudlanuvchi Sh.K. tomonidan qilingan jinoyatlar og‘ir ekanini e’tiborga olib, unga 8,5 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilashni so‘ragan.

«Bu jinoyatlar oiladek muqaddas maskanda past niyatlar bilan amalga oshirilgan. Ayniqsa, bu zo‘ravonlik ojizaga nisbatan sodir etib kelinganiga alohida e’tibor qaratishingizni so‘rardim. Qolaversa, Sh.K. oldin ham sudlanib, amnistiya tufayli ozodlikka chiqqan. Bundan tashqari unga nisbatan 22 marotaba ma’muriy chora ko‘rilganiga ham e’tibor qaratish kerak. Aynan ushbu holatlar sudlanuvchi shaxsining kimligini anglatadi», — dedi davlat ayblovchisi Umid Hakimov.

Sudlanuvchi Sh.K. muzokara so‘zida, barchadan, jumladan, turmush o‘rtog‘idan kechirim so‘rashini bildirib, jazoni o‘tagandan so‘ng ham turmush o‘rtog‘i bilan birga yashashini ma’lum qildi.

«Men hammadan kechirim so‘rayman. Uch oy davomida hammasini tushunib etdim. Men unday odam emasman. Urgan bo‘lsam ham rashk qilib urdim. Men ikkita farzandimning ko‘chada qolishini istamayman. Shuning uchun ham ularni tashlab ketmoqchi emasman», — dedi sudlanuvchi Sh.K.

Jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova esa turmush o‘rtog‘i Sh.K. bilan birga yashashga rozi bo‘lmasligini, mazkur voqea va javobgarlik turmush o‘rtog‘i, umuman, boshqalarga ham saboq bo‘lishi lozimligini ma’lum qildi.

Sud 1 dekabrgacha tanaffus e’lon qildi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida eri tomonidan ayovsiz kaltaklanayotgani aks etgan ayol videosi tarqalib ketgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, er ayolni muntazam xo‘rlagan va majburlab pampers yedirgan. Erkak turmush o‘rtog‘ini urgani tasvirlangan video internetda tarqalgach uyidan qochib ketgan. 23 avgust kuni erkak Toshkentda qo‘lga olinib, Samarqandga olib ketilgan. Keyinroq Senat mazkur ayol bilan bog‘liq vaziyatni o‘z nazoratiga olgandi.

Mazkur ish bo‘yicha boshlangan dastlabki sud majlisida xotiniga pampers yedirgan erkak sudda OAV ishtirok etmasligini so‘ragan bo‘lsa, jabrlanuvchi Mustahkam Vahobova esa mazkur holat ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilganligi va muhokama qilinganligi uchun sudda OAV vakillari hamda blogerlar ishtirokiga qarshilik qilmasligini bildirgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан