Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Propan ortilgan «MAN» ag‘darilib ketdi. Haydovchi kabinada qisilib qoldi... (video)
4.12.2020 13:30,  
623

Hodisa bugun, 4 dekabr kuni erta tongda, «Toshkent-O‘sh» xalqaro avtomobil yo‘lining 196-kilometrida sodir bo‘lgan.

FVV xabariga ko‘ra, «MAN» yuk mashinasi haydovchisi Farg‘onaga propan ortilgan 24 tonnalik sisternani olib ketayotgan vaqtda, boshqaruvni yo‘qotib, yon tomonga ag‘darilib ketgan.

Holat yuzasidan voqea joyiga 10 daqiqa ichida Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruv guruhlari yetib kelgan.

Yuk mashinasi kabinasining deformasiyasi tufayli haydovchining oyog‘i qisilib qolgan bo‘lib, qutqaruvchilar bir necha soniyada maxsus qutqaruv anjomlari yordamida haydovchini xavfsiz qutqarib olishdi va kasalxonaga yetkazildi. Hozirda u o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Shundan so‘ng FVV va Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari hamkorligida yuk mashinasi xizmat ko‘rsatish stansiyasiga evakuatsiya qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан