Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Propiska bo‘yicha eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar
18.05.2020 11:50,  
919

Huquqshunos-bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev Toshkent propiskasi bo‘yicha yuzaga kelgan eng ko‘p berilayotgan savollarga javob tayyorladi:

Toshkentda propiskasi (doimiy ro‘yxati) yo‘q fuqarolar ikkilamchi bozordan (ya’ni eski uylar) uy sotib olish amaliyoti allaqachon boshlangan. Masalan, propiskasi yo‘q fuqaroning uyi birovning nomida bo‘lsa, unda bemalol ertagayoq o‘z nomiga o‘tkazib olishi mumkin. Buning uchun uy nomida bo‘lgan shaxs va hujjatlar bilan notariusga borish kifoya. Ortiqcha alohida to‘lov yoki davlat boji yo‘q. 100 kv.m.gacha bo‘lgan uylar uchun 223 ming so‘m davlat boji to‘lanadi xolos. 100-200 kv.m. uchun 446 ming so‘m, 200 kv.m.dan oshiq bo‘lsa, 669 ming so‘m to‘lanadi;

Ikkilamchi bozordan nomiga uy sotib olganlar Toshkentga 1-band bilan doimiy ro‘yxatga qo‘yiladi. Buning uchun notariusdan uyni nomingizga rasmiylashtirib, undan keyin kadastr idoralari orqali uyning kadastr hujjatini ham o‘z nomingizga o‘tkazishingiz kerak. Shundan so‘ng, viloyatdan doimiy ro‘yxatdan chiqib kelasiz va Toshkentdagi migratsiya bo‘limlariga (pasport stol) murojaat qilasiz;

Qo‘shimcha izoh: o‘tgan safar e’lon qilgan video-suhbatimizda avval viloyatdan ro‘yxatdan chiqib kelib, keyin Toshkentda notariusdan oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish mumkinligi aytilgan edi. Biroq bunday qilinsa, notariusda muammo chiqish mumkin ekan, hech qayerda ro‘yxatda turmaydigan shaxslarga notarius xizmat ko‘rsatishni rad etarkan (nima uchunligini hali to‘liq tagiga yetmadim, lekin amaliyotda shunaqa deyishdi). O‘shanchun tavakkal qilib, ro‘yxatdan chiqishga shoshilmang, avval Toshkentdagi uyni nomingizga o‘tkazib oling;

Yangi uylarni sotib olganda davlatga qo‘shimcha to‘lanadigan shartnoma narxidan 5%lik boj hozircha o‘z kuchida turibdi. Lekin buni bekor qilish haqidagi qonun senatda ma’qullangan va imzolash uchun Prezidentga kiritilgan. Ushbu qonun kelasi haftada imzolanib, rasmiy e’lon qilinib qolsa kerak. Shu sababli yangi uy olayotganlar rasmiylashtirishga biroz shoshmay tursin, tez orada ular ham yuqorida ko‘rsatilgan oddiy 223 ming so‘mlik davlat boji to‘lashga o‘tishadi;

Toshkentdagi davlat tashkilotlarida 5 yil uzluksiz stajga ega xodimlar ham doimiy ro‘yxatga qo‘yiladi. Bu borada quyidagilarni bilishingiz kerak:

- hozircha bu yangi tartib boshlangani yo‘q. Vazirlar Mahkamasi qarori bilan aniq mexanizmlari belgilanishi kerak. Qaror loyihasi tayyorlangan, lekin uning imzolanishini kutishga to‘g‘ri keladi. Taxminan 1 oylarda chiqib qolsa kerak;

- ushbu yangi tartib quyidagi tashkilotlar xodimlari uchun amal qiladi:
1) davlat hokimiyati organlari;
2) davlat boshqaruvi organlari;
3) xo‘jalik birlashmalari (katta ehtimol bilan davlat ulushi borlari);
4) davlat tashkilotlari.

- nodavlat tashkilotlar xodimlari uchun bu tartib amal qilmaydi (lekin nima uchun unaqa??? Bu masalaga keyinroq bafurja qaytamiz);

- ushbu yangi tartib davlat tashkilotlaridagi texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va ishlab chiqarish xodimlariga amal qilmaydi (lekin nima uchun unaqa??? Bu masalaga ham keyinroq bafurja qaytamiz);

- 5 yil uzluksiz staj deganda, hozirda davlat tashkilotida ishlayotgan va oxirgi 5 yil davomida bitta davlat tashkilotida ishlagan yoki oraliq 1 oylik uzulishlarsiz bir nechta davlat tashkilotlarida faoliyat olib borgan xodimlar tushuniladi;

- doimiy ro‘yxatga kirish uchun ish joy (lar)idan ma’lumotnoma, katta ehtimol bilan mehnat daftarchasidan nusxa, ro‘yxatga qo‘yilayotgan uy egasining roziligi va uy hujjatlari talab etiladi. Tashkilot rahbarining tavsiyanomasi yoki boshqa shu kabi qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi;

- 5 yil staji borlar o‘zlari bilan birga turmush o‘rtog‘i hamda o‘z oilasi bo‘lmagan farzandlarini ham doimiy ro‘yxatga qo‘ya oladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан