Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Propiska” so‘zi qonunchilikdan chiqarib tashlanadi
12.10.2021 16:43,  
452

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.Mazkur qonun loyihasi bilan ayrim qonun hujjatlaridagi “doimiy propiska qilish” tushunchalari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchalariga hamda “turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” tushunchalari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” tushunchalariga almashtirilmoqda.

Shuningdek, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga fuqaro ID-kartani olish yoki almashtirish yuzasidan o‘z vaqtida murojaat qilmasa, yaroqsiz holga keltirsa va yo‘qotib qo‘ysa, ma’muriy javobgarlikka tortilmaslik tartibi chiqarib tashlanmoqda.
Deputatlarning fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi huquqni qo‘llash amaliyotida “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish”, “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” hamda identifikatsiyalovchi ID-karta tushunchalari bilan bog‘liq bo‘shliqlarni bartaraf etilishiga olib keladi.

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda O‘zbekistonda propiska tizimi tubdan isloh qilindi. Xususan, 2020 yil 1 apreldan Toshkent shahri va viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda fuqarodan propiska talab etilmaydi. 2020 yil 1 sentyabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida propiskani onlayn rasmiylashtirish mumkin bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан