Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Psixolog ayoldan efirga chiqish uchun ro‘molini yechish so‘raldi
27.07.2020 21:02,  
2513

O‘zbekistonlik psixolog Sayyora Azlarova xususiy telekanallardan biriga pandemiya va aholi orasida uchrayotgan muammolar haqida intervyu berish borganida undan ro‘molini yechish yoki boshqacha o‘rash so‘ralgan.

Bu haqda psixolog o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. Sayyora Azlarovaning postidagi aytilgan vaziyat ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining keng muhokamalari va g‘azablariga sabab bo‘lmoqda.

 

Shuningdek, u bir necha bor shu muammoga duch kelganim sababli bu haqida yozib o‘tishni xohlaganini ma’lum qilgan.

"Xususiy telekanallardan biriga Covid, pandemiya va aholi orasida uchrayotgan muammolar haqida intervyu berish uchun chaqirishdi. Avvaldan savollarni berishdi. Tavsiya qilgan va chaqirgan insonning hurmati uchun yo‘q deyolmadim. Bordim.

Efirga yarim soat vaqt qolganida esa, ro‘molimni yechishni yoki boshqacha o‘rashni iltimos qilishdi...

Men bunday qilolmasligimni, yaxshisi, mensiz ko‘rsatuvni olishlarini aytib u yerdan ketdim.

Shu o‘rinda qiziq savol tug‘iladi. Biz kimdan qo‘rqamiz. Nimadan qo‘rqamiz. Nima uchun doim teleko‘rsatuvlarga chaqirganda, hijobda emasmisiz, deb so‘rashadi? Bizni kim boshqaradi o‘zi?

Nima uchun erkaklarga soqolda, ayollarga esa ro‘molda efirga chiqish mumkin emas? Bu ishlar uchun oxiratda savol javob muqarrar ekanini bilib xam, shu zaylda davom etaversak, bu balolar qachon boshimizdan daf bo‘ladi?

Insonning qanday mutaxassis ekani, ma’lumoti, ish tajribasi va egallagan bilimlari birgina ro‘mol o‘ragani sababli bir tiyinga chiqarilishi mumkinmi?

Doim demokratik jamiyat quryapmiz, deb maqtanamiz. Diniy erkinlikka hozir katta urg‘u berilgan. Ammo, ayrim telekanallar bu yangiliklardan hali bexabarga o‘xshaydi. Insonning kasbiy ko‘nikmalari yoki tajribasiga emas, tashqi ko‘rinishiga qarab baho berishdan qachon qutilamiz?" - deydi psixolog.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан