Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Psixologlar muvaffaqiyatli kishilarning farqli tomonini ma’lum qilishdi
20.08.2019 19:31,  
568

Amerikadagi Kinsi nomidagi institut psixologlari o‘z yozishmalarida emodzini (smaylik) tez-tez ishlatuvchi kishilar boshqalarga qaraganda ko‘proq uchrashuvga chiqishlari va umuman shaxsiy hayotda muvaffaqiyatli ekanliklarini aniqlashdi. Tegishli maqola Plos One jurnalida chop qilingan.

Mutaxassislar onlayn so‘rov o‘tkazishgan va unda 5 mingdan ziyod oila qurmagan amerikaliklar ishtirok etishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, so‘rovda ishtirok etganlardan 38 foizi yozishmalarida umuman emodzi ishlatmaydi, 29 foizi kamdan-kam ishlatadi, yana 30 foizi esa muntazam ravishda ishlatadi. Respondentlarning atigi 3 foizi har bir jumlasida emodji qo‘llashini tan olgan.

Psixologlarning so‘zlariga qaraganda, so‘rov o‘z yozishmalarida emodzini tez-tez ishlatuvchi kishilar shaxsiy hayotda muvaffaqiyatliroq ekanini ko‘rsatgan. Bunday kishilar ko‘proq uchrashuv belgilashadi va yuqori jinsiy faollikka egalar. Maqola mualliflari so‘rovda ishtirok etganlar aynan qaysi emodzilarni ishlatishganiga oydinlik kiritishmagan, biroq ularning sevgi bobida omadlari chopganiga e’tiborlarini qaratishgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан