Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«PSJ» klubi hujumchisi fevralda yangi jamoa bilan shartnoma imzolaydi
27.10.2021 14:55,  
199

Fransiyaning «PSJ» klubi hujumchisi Kilian Mbappe fevral oyida Ispaniyaning «Real» jamoasi bilan dastlabki shartnomani imzolashi mumkin. Bu haqda «Marca» nashri xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qirollik klubi vakillari fransiyalik futbolchining agentiga shartnoma shartlarini jo‘natgan.

Mbappe 2017 yilda «Monako»dan «PSJ»ga o‘tgandi. Parijliklar tarkibida u uch karra Fransiya chempioni (2017/18, 2018/19, 2019/20), ikki karra Liga kubogi (2017/18, 2019/20), ikki bor Superkubok (2019, 2020), shuningdek, uch marta Fransiya kubogi (2017/18, 2019/20, 2020/21) sohibi bo‘lgan.

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappening ayni paytdagi transfer bahosi 160 million yevroni tashkil etadi. Ayni damda u dunyodagi eng qimmat futbolchi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан