Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Pul almashtirish" qimmatga tushdi
5.03.2021 15:09,  
793

IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmatining xabar berishicha, 2021 yilning 27 fevral kuni soat 19:30larda noma’lum shaxslar Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida joylashgan "Mustang" AYoQSh oldida 24 yoshli Ahad M.,ga 3 000 AQSh dollarini Xitoy pul birligi "yuan"ga almashtirib berishga kelishib, ulardan biri 3 000 AQSh dollarini sanab olayotgan vaqtida yonidagi sherigi Ahad M.,ning yuz qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib, ushbu pullarni qo‘lga kiritib hodisa joyidan qochib ketganlar.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari jarayonida, ushbu jinoyatni 21 yoshli Abdulboqiy A., "Laziz" va "Shahboz" ismli shaxslar sodir qilganliklari aniqlanib,  Abdulboqiy A., jami 800 AQSh dollar pul mablag‘lari bilan ushlanib, ushbu pullar ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Abdulboqiy A., "Laziz" va "Shahboz" ismli shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda "Laziz" va "Shahboz" ismli shaxslarni ushlash choralari ko‘rilmoqda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан