Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistondagi oligarxlar»dan 5-10 million dollar so‘raganini aytdi
20.01.2020 19:29,  
9531

Toshkentda 20 yanvar, dushanba kuni Oliy Majlis Senatining yangi tarkibi birinchi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda. Jumladan, davlat rahbari “O‘zbekistondagi oligarxlar”dan 5—10 million dollar so‘ragani haqida gapirib berdi.

Biz o‘zimizga mos iqtisodiyot yaratyapmiz, birovlardan ko‘chirib olganimiz yo‘q. Ochiq gap, dunyodagi manman degan to‘rtta ekspertlar kengashi bo‘lsa, shularning ikkitasiga pul to‘lab, Byudjet kodeksini qabul qilganimiz uchun hamda oxirgi ikki yildagi soliq siyosatimiz bo‘yicha xulosa qilib berishlarini so‘radim.

Pul byudjetdan emas, O‘zbekistondagi katta-katta oligarxlarga iltimos qildim, “og‘aynilar, 5—10 million pul beringlar, ular bizga xulosa qilib bersin”, deb. Ular xulosa qilib berdi. Kecha menga xulosalar keldi. Ular qoyil qolyapti. “Shu rostmi” deb so‘rasam, rost deyishdi. Keyin ularni taklif qildim, ular yaqinda keladi.

“Hech qayerda soliq yuki bunday kamayib, byudjetga tushum bunday ko‘payishi bir yilda bo‘lmagan, kamida besh yil bo‘lgan” deyishdi. Buni iqtisodiyotni bilganlargina tushuna oladi, — dedi prezident.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан