Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Pul yo‘q, qayerga borsang bor!" "Mikrokreditbank" tablosida nega bunday yozuv paydo bo‘ldi
19.01.2021 12:41,  
694

Ijtimoiy tarmoqlarda “Mikrokreditbank”ka tegishli 24/7 shoxobchasining ichki qismidagi elektron tabloda  “Pul yo‘q, qayerga borsan bor” deb yozilgan videolavha tarqaldi.

Ushbu holat bo‘yicha “Mikrokreditbank” axborot xizmati rahbari S.Ochilov izoh berdi.

Aniqlanishicha, voqea Sirdaryo viloyatining Guliston shahridagi «Mikrokreditbank”ning 24/7 rejimida ishlovchi shaxobchasida bo‘lgan. Ma’lumotlar  “Mikrokreditbank” xodimlari tomonidan emas, balki elektron tabloga  masofadan bog‘lanish funksiyasi orqali bog‘langan holda noma’lum shaxslar tomonidan o‘zgartirilgan. 

Bank matbuot xizmati xodimining aytishicha, o‘sha vaqtda o‘sha bankomatda 241 mln. so‘m pul bo‘lgan. Shuningdek, keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘rab, ushbu holat bank tomonidan nazoratga olinib, kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish choralari ko‘rilayotganligi ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан