Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda virtual kassa tizimi qo‘llanadi
25.11.2019 16:37,  
287

23 noyabr kuni “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qo‘llanilishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2022 yilning 1 yanvariga qadar barcha tadbirkorlik subektlari onlayn nazorat-kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga to‘liq o‘tadi. Ushbu muddatgacha bunday turdagi kassadan foydalanish ixtiyoriy, muddat tugagach esa majburiydir.

Virtual kassa o‘zi nima?

Virtual kassa savdo hamda xizmat ko‘rsatish shoxobchalarida aholi bilan naqd pulda va bank plastik kartalari (naqdsiz ko‘rinishda) orqali amalga oshirilgan hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega bo‘lgan ma’lumotlar almashinuvi platformasi sanaladi.

Virtual kassa orqali yuborilgan ma’lumotlar Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” DUK tomonidan tasarruf etiladi.
Shuningdek,

  • virtual kassa dasturiy mahsulotining asos qismi (bazasi) ularga O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan bepul beriladi;
  • jismoniy shaxslarning bank plastik kartalari yoki chegirma (diskont) kartalariga ommaviy oferta shartlari asosida o‘tkazilgan bonuslar (pul, ball va boshqa birliklar) shaklidagi mablag‘lar (cashback) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bazasi sifatida qaralmaydi;
  • jismoniy shaxslarning uy xo‘jaligi sharoitida, shu jumladan dehqon xo‘jaligida yetishtirilgan chorvachilik, asalarichilik va dehqonchilik mahsulotlarini tabiiy va qayta ishlangan holda, sanoatda qayta ishlashdan tashqari, sotishdan, shuningdek, hayvonlarni tirik yoki ularni so‘yib sotishdan oladigan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilinishida, realizatsiya qilingan mahsulot jismoniy shaxs yoki uning oila a’zolariga ajratilgan tomorqa yer uchastkasida yetishtirilganligini tasdiqlovchi hujjatni talab qilish tartibi bekor qilinadi.

Onlayn nazorat-kassa mashinasi yoki virtual kassada chiqarilgan xarid chekida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi kerak: tovarlar (ishlar, xizmatlar) nomi, miqdori, qiymati (narxi), summasi, QQS miqdori (agar QQS to‘lovchisi bo‘lsa) hamda QR-kod va fiskal belgi. Ushbu ma’lumotlar aks ettirilmagan cheklar haqiqiy hisoblanmaydi.

Shuningdek, plastik kartalar orqali (naqdsiz ko‘rinishda) to‘lovlar amalga oshirilganda ham virtual kassa cheklari xaridorlarga berilishi kerak.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан