Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pulli imtihonlar va sertifikatlar: bo‘lajak abituriyentlarni yana nimalar kutmoqda?
24.02.2019 13:28,  
12

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab savollarning 30 va undan ko‘p foiziga to‘g‘ri javob bergan abituriyentlarga test natijalariga qarab sertifikat berish taklif etilmoqda.

Bugun, 23 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaror loyihasi bo‘yicha Davlat test markazi va ommaviy axborot vositalari vakillari o‘rtasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

DTM boshqarmasi rahbari Sevara Zufarxo‘jayevaning xabar berishicha, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab kirish imtihonlari natijalariga qarab sertifikatlar berish rejalashtirilmoqda. Savollarning 30 va undan ko‘p foiziga to‘g‘ri javob bergan abituriyentlarga test natijalariga qarab davlat namunasidagi sertifikat beriladi. Bu natija bilan abituriyent agar birinchi yili o‘qishga kirolmasa keyingi yillarda tanlovda ishtirok etishi mumkin. Ushbu sertifikatning amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladi.

Shuningdek, qaror loyihasida o‘tgan yil va undan oldingi davrda o‘qishni tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etishi uchun eng kam oylik ish haqining bir barobari miqdorida to‘lovni amalga oshirish tartibi taklif etilmoqda. Bu yangilikni shu yildan boshlab amalga oshirish taklif etilgan. Ammo, yuqorida aytilgan sertifikatni qo‘lga kiritgan abituriyentlar  test sinovlarida bepul ishtirok etishlari mumkin.

Abituriyentlar kirish imtihonlariga hujjatlarini o‘z hududidagi Davlat xizmatlari markazi orqali topshirishi mumkin bo‘ladi. Bu yangilik Toshkentda o‘qimoqchi bo‘lgan viloyatlarda istiqomat qiluvchi abituriyentlarga o‘z yashash joylarida hujjat topshirish imkonini beradi.

Shu bilan birga, ona tili bo‘yicha imtihonni yozma ravishda o‘tkazish taklif etildi. Press-konferensiya spikerlarining fikricha, bu bo‘lajak talabalarning savodini oshirishga imkon beradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан