Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin amerikaliklarning videosini Suriyadagi harbiy amaliyotimiz deb, Oliver Stounga ko‘rsatdi.
20.06.2017 21:41,  
15

Oliver Stounning "Putin" serialida Rossiya prezidenti rejissyorga "bizning aviatsiyaning Suriyadagi ishlari" deb video ko‘rsatadi.

Aniq bo‘lishicha, Putin tomonidan Stounga namoyish etilgan video amerikaning "Apach" vertolyoti tomonidan toliblarga qarshi hujum videosi bo‘lib, videoning asli military.com rasmiy saytida e’lon qilingan edi.

Bundan tashqari, videoga rus tilida uchuvchilarning o‘zaro gaplashganliklari ham kiritilgan. Tahminlarga ko‘ra, so‘zlashuvlar Donetskdagi  harbiy to‘qnashuvlarda qatnashgan ukrain uchuvchilariga tegishli deyilmoqda. 

YouTubeda amerikaliklarning rus tilida so‘zlashuvlari aks etgan videoning nushasi mavjud. Ehtimol Putin ana shu videoni Stounga ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. 

Stounga namoyish etilgan va "Apach" dan olingan videoning kadrlarni solishtirib ko‘rish mumkin.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан