Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin DXQda ishlagan vaqtda unga berilgan komsomol tavsifnomasi ko‘rgazmaga qo‘yildi
31.10.2019 16:33,  
351

Peterburgda Rossiyaning joriy prezidenti Vladimir Putinga berilgan tavsifnoma-tavsiyanoma namoyish qilindi. Hujjat Sankt-Peterburg tarixiy-siyosiy hujjatlar Markaziy davlat arxivining 90 yilligiga bag‘ishlab tashkil qilingan hukumat va shahar rahbarlariga tegishli shaxsiy hujjatlar ko‘rgazmasida ommaga ko‘rsatildi.

Matnda aytilishicha, “O‘rtoq Putin Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi (DXQ – KGB) boshqarmasi komsomol tashkilotida 1975 yildan buyon hisobda turadi”. O‘sha paytda bo‘lajak davlat rahbari 23 yoshda bo‘lgan.

Davlat xavfsizlik organlaridagi xizmati davomida “u o‘zini jonkuyar, tartibli va sof vijdonli xodim sifatida ko‘rsatgan, tashkilotchilik va sport ishlarida masu’liyatli bo‘lgan”.

“O‘rtoq V.V.Putin doimiy ravishda o‘zining g‘oyaviy-siyosiy darajasini oshirib boradi. Partiya o‘qishlari tarmog‘ida faol qatnashadi. O‘zining professional mahoratini doimo yangilab boradi”, deyiladi tavsifnomada.

Tavsifnoma muallifi yana “Vladimir Putin ishdan bo‘sh vaqtida sport bilan shug‘ullanishi, dzyudo va sambo bo‘yicha SSSR sport ustasi ekanligi va 1976 yili Leningrad chempioni bo‘lgani, ruhiy barqaror va ishdagi o‘rtoqlari orasida obro‘-e’tiborga egaligi”ga alohida urg‘u bergan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан