Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Putin Konstitutsiyasi"ga ovoz berish boshlandi
25.06.2020 11:44,  
346

Rossiyaliklar 25 iyundan boshlab Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha ovoz berishlari mumkin, Moskva va Nijniy Novgorod viloyati aholisi uchun bundan buyon elektron masofadan ovoz berish imkoniyati mavjud, deya xabar beradi RIA Novosti.

Ovoz berish 1 iyulga belgilangan, ammo rossiyaliklar 25 iyundan boshlab ovoz berish imkoniyatiga ega. Markaziy saylov komissiyasi kotibi Mayya Grishinaning so‘zlariga ko‘ra, saylovda qatnashish uchun hech qanday deklaratsiya talab qilinmaydi: faqat saylov uchastkasiga boring yoki saylov komissiyasiga binoning tashqarisida ovoz berish istagi haqida xabar bering.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Ella Pamfilova avvalroq mamlakat bo‘ylab 96 yarim mingdan ortiq saylov uchastkalari ochilishini ma’lum qildi.

Moskvada 3,6 mingdan ko‘proq uchaatka mavjud. Ulardan 178 kishi vaqtincha yashash joylarida: tergov hibsxonalari va kasalxonalar, stansiyalarda, shuningdek, yana yettita uchastka vokzal va Vnukovo aeroportida tashkil qilingan. 

Rossiya yangilanayotgan Konstitutsiyasi mamlakatning ipmerialistik qarashlarini ifoda etadi. Jumladan, rus xalqiga ustuvorlik berish, Konstitutsiyada xudoning nomini berish masalalari ham bor. Bundan tashqari ushbu Konstitutsiyani qabul qilish orqali amaldagi prezident Putinning avvalgi prezidentlik muddatlari "nollashtiriladi". Bu esa Vladimir Vladimirovichga 2036 yilgacha "rus taxtida" qolish imkoniyatini beradi.

Ushbu hujjat avvalroq Rossiya parlamenti tomonidan qabul qilingan edi. Prezident Putin ham unga qo‘l qo‘ygan. Ayrim mutaxassislar referendumni "shunchaki" o‘tkazilyapti deb hisoblashmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан