Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin masofaviy ish rejimiga o‘tdi
1.04.2020 19:39,  
512

Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha davlat rahbari Vladimir Putin koronavirus epidemiyasi sababli samarali choralarni ko‘rmoqda, deya xabar beradi Gazeta.ru nashri. 

"Gap shundaki, Kommunarkada prezident bilan bo‘lganlarning hammasi har kuni koronavirus uchun tekshiriladilar. Biz barcha choralarni ko‘rmoqdamiz. Prezident yuzaki choralar ko‘rmayapti, u samarali choralar ko‘rmoqda", - dedi Peskov.

U shuningdek, prezident hozir masofaviy rejimda ishlayotganini ta’kidladi.

«O‘zingiz ko‘ryapsizmi, prezident shu kunlarda hamma narsani uzoqdan qilishni afzal ko‘radi. Masofaviy format prezident ishida imkon qadar keng qo‘llaniladi”, - dedi Peskov.

Peskovning so‘zlariga ko‘ra, 1 aprel kuni Putin hukumat a’zolari bilan telekonferensiya orqali uchrashuv o‘tkazadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан