Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putinning matbuot kotibi – Dmitriy Peskov ham koronavirus yuqtirib oldi
12.05.2020 17:42,  
383

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi – Dmitriy Peskovga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi va u shifoxonaga yotqizildi.

Ria Novosti nashrining xabariga ko‘ra, Peskov virus yuqtirib olganini shaxsan o‘zi tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin ham koronavirus yuqtirib olganini ma’lum qilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida Rossiyaning 83 mintaqasida 10,899 ta yangi koronavirus holati qayd etildi. Hozirda mamlakatda kronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 232 243 ga yetdi va bu bilan COVID-19 aniqlanish holati bo‘yicha Ispaniyadan o‘tib ikkinchi o‘ringa chiqib oldi.

Vafot etganlarning umumiy soni 2116 taga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан