Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin norozilik aksiyasi tashkilotchilarini o‘z-o‘zini reklama qilishda aybladi
15.06.2017 22:21,  
4

Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.Putin mamlakat hududlarida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishlari tashkilotchilarini o‘z-o‘zini reklama qilish, mamlakatda tartibsizlikni yuzaga keltirish va provakatsiya qilishga uringanlikda aybladi.

Prezident Putin BBC axborot agentligi jurnalisti savollariga javob berar ekan shunday dedi: “Bu aksiya mamlakat oldida turgan muammolarni hal qilish, mamlakatdagi ahvolni o‘zgartirish uchun qilinmayapti , aksincha, bunday xatti-harakat o‘zini o‘zi reklama qilish va shu yo‘l bilan o‘zlarining shaxsiy muammolarini hal qilish uchungina o‘tkazildi”. Putin BBC jurnalistining “A. Navalniyni yaqinlashib kelayotgan saylovlarda muxolif sifatida ko‘rasizmi?” degan savolini ochiq qoldirdi va Navalniy familiyasini tilga ham olmadi.

Bundan tashqari V. Putin savol yo‘llagan jurnalist BBC muxbiri ekanligini bilgach, savollar norozilik namoyishlari haqida bo‘lishini bilganligini va BBC kabi axborot tarqatuvchilar ma’lum bir ma’noda namoyish o‘tkazuvchi bu kabi guruhlarni qo‘llab quvvatlashlarini ham ta’kidladi.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, hukumat mamlakatdagi fuqarolar hayotini yaxshilashga, mamlakat oldida turgan muammolarni hal etishga bel bog‘lagan, qiyinchiliklar doim ham mavjud hamda bu qiyinchiliklarni dastaklab o‘z manfaatlarini amalga oshirishni ko‘zlamagan har kim bilan muomala qilishga tayyor.

Navalniy va uning tarafdorlari Rossiya Federatsiyasining ko‘plab hududlarida 26 mart va 12 iyun sanalarida norozilik namoyishlari o‘tkazdilar. Bu namoyishlarni ayrimlari uchun ruxsat olingan, Moskvadagi namoyishlarga bo‘lsa ruxsat berilmadi.

Har ikki holatda ham ruxsat olinmagan namoyishlar uyushtirishda qatnashganlarning aksari hibsga olindi. 26 martda Moskva shahrining o‘zida mingdan ortiq namoyish qatnashchilari qo‘lga olingan bo‘lsa, 12 iyunda sakkiz yuzdan ortiq namoyishchilar politsiya tomonidan qo‘lga olindi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyadagi namoyishlar hukumatda poraxo‘rlik avj olib ketgani, mansabdorlar o‘z mansabi va amalidan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanayotganliklari ortidan sodir bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан