Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin Rossiyaga qo‘llangan saksiyalar haqida: " Har doim sanksiyalar bo‘lgan va biz ularni yengib o‘tganmiz"
10.03.2022 20:29,  
333

Putin Rossiyaga qo‘llangan saksiyalar haqida: " Har doim sanksiyalar bo‘lgan va biz ularni yengib o‘tamiz". Bu haqda RT news nashri xabar bermoqda.

“Bu sanksiyalar u yoki bu tarzda joriy qilinganiga shubha qilmayman, chunki ular o‘tgan ko‘p yillar davomida joriy qilingan”. Putin Rossiya har qanday iqtisodiy qiyinchiliklarni yengib o‘tishini aytdi:

"SSSR parchalanganidan keyin yana ko‘plab sanksiyalar, cheklovlar, Kokomovskiy ro‘yxatlari o‘z harakatlarini to‘xtatmadi.

Har doim sanksiyalar bo‘lgan. Ha, hozir u murakkab xarakterga ega bo‘lib, biz uchun ma’lum savol, muammo va qiyinchiliklar tug‘dirmoqda, lekin o‘tgan yillarda bu qiyinchiliklarni qanday yenggan bo‘lsak, hozir ham ularni yengib o‘tamiz.

Iqtisodiyot yangi sharoitga moslashmoqda. Biz barcha yo‘nalishlarda import o‘rnini bosishni davom ettiramiz. Bu esa pirovardida mustaqilligimiz, muxtoriyatimiz va suverenitetimizning yuksalishiga olib keladi” deydi Putin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан