Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin va Navalniy: imperialist va natsionalist
21.01.2021 18:29,  
1484

Aleksey Navalniyning “Putin uchun qurilgan qasr. Tarixdagi eng katta pora” videosini ko‘rdim. Ikki soatlik ushbu videoni bo‘lib-bo‘lib ikki kun davomida ko‘rishga to‘g‘ri keldi. Ko‘p yangi ma’lumotlar oldim. Rossiyada bo‘layotgan jarayonlarni post-sovet hududi uchun ahamiyati juda katta. Rossiyada bo‘layotgan jarayonlar post-sovet davlatlarida, u yoki bu darajada standartlashadi, legitimlashadi. Chunki post-sovet hududidagi eng katta va aksariyat uchun tushunarli til – rus tili va eng katta axborot oqimlari ishlab chiqarayotgan davlat – Rossiya bo‘lganligi sabab, Rossiyadagi hodisalar – jamiyatlar va elitalar uchun salbiy yoki ijobiy “norma” sifatida qabul qilinadi. Hattoki salbiy jarayonlar ham standartlashib boradi. Chunki Rossiya davlatchiligi bilan bog‘liq salbiy fenomenlar, davlat tomonidan ishlab chiqarilayotgan axborot oqimlari yordamida tushuntiriladi, ijobiylashtiriladi, yoki muammoning ahamiyati turli yo‘llar bilan qadrsizlantiriladi.

Ko‘pchilik Navalniyni millatchiligiga, ksenofobligiga alohida e’tibor berishadi. Putinni fonida Navalniy yanada salbiyroq personaj sifatida tasvirlanadi. Men ushbu ikkilikka e’tiborni boshqa tomondan qaratmoqchiman. O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va post-sovet hududidagi geosiyosiy transformatsiyalar uchun, albatta, Navalniy ma’qulroq. Putin – imperialist, u hokimiyatga kelishi bilan SSSRni tarqalishini “XX asrning eng katta fojeasi” sifatida ta’riflagan edi. Putinni barcha geosiyosiy intilishlari asosida sobiq ittifoq hududlarini nazorat qilish, har xil integratsion loyihalarni amalga oshirish bor.

Navalniy – yangi avlod siyosatchisi. U uchun sobiq SSSRdan ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi ahamiyatli va qadrli. U imperialist emas, natsionalist. Navalniy Rossiyani kolonial imperiya emas, milliy davlat sifatida ko‘rishi O‘zbekiston geosiyosiy mustaqilligi va Markaziy Osiyodagi salohiyati uchun ulkan imkoniyatlar beradi. Agar Navalniy hokimiyatga kelib qolsa, Rossiya davlatchiligi uni ma’lum muvozanatga soladi va uni post-sovet hududlariga hamda vatandoshlariga qarashi biroz o‘zgaradi. Lekin baribir u sobiq ittifoqni Rossiya Federatsiyasining o‘ljasi va loyihasi sifatida ko‘rmasligi O‘zbekiston uchun katta yutuq bo‘ladi.

G‘arb bilan ishonchli aloqalarda bo‘lgan, Rossiyani milliy davlat sifatida ko‘radigan, post-sovet hududiga o‘z ta’siri ostidagi davlatlar emas, Rossiyaga qo‘shimcha yuk bo‘layotgan davlatlar sifatida qaraydigan Navalniyni tashqi siyosatida Xitoy bilan emas, g‘arb bilan hamkorlik ustuvor bo‘lishi tayin. Demak, agar istiqbolda Navalniy Rossiya Federatsiyasi hokimiyatiga keladigan bo‘lsa, O‘zbekiston faqat yutadi. Dunyo geosiyosati esa jiddiy bir shaklda o‘zgaradi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан