Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putinga turkman bo‘ribosar itini sovg‘a qilishdi (video)
11.10.2017 20:46,  
62

Sochida bo‘lib o‘tayotgan MDH sammitida Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Vladimir Putinga alabay iti bolasini sovg‘a qildi, Kreml matbuot xizmati xabariga asosan.

Vladimir Putin Turkmaniston prezidentiga Rossiyaga taklifiga binoan MDH sammitida ishtirok etish uchun yetib kelishlari munosabati bilan minnatdorlik bildirdi. Shu bilan birga Rossiya prezidenti Turkmanistonda rus tiliga ko‘rsatilayotgan e’tibor va o‘zaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.

Berdimuhamedov, o‘z navbatida Vladimir Putinga minnatdorlik bildirib, yaqinda bo‘lib o‘tgan ism to‘yi bilan tabrikladi va Rossiya prezidentiga mustahkam sog‘liq, muvaffaqiyat tiladi.

“Siz nafaqat o‘z mamlakatingizda, balkim butun dunyoda ekologiya masalalariga juda katta e’tibor berayapsiz. Bizning bir do‘stimiz bor – Siz uni bilasiz, bu alabay iti. Bugun men o‘zim bilan kichik alabay olib keldim. Uning ismi Vepali, tarjimada – Sodiq, degani Umid qilamanki u sizga yoqadi. Bizni bu itlarimiz juda baquvvat bo‘ladi.”, — dedi Turkmaniston prezidenti.

Putin “Bundan xabarim bor”, — deb kuldi va it bolasini qo‘liga ko‘tarib olib OAV xodimlariga namoyish qildi.

“Lekin asosiysi, bu it juda sodiq”, — dedi Berdimuhamedov.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан