Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putinlar sulolasi: prezidentning qarindoshi partiya yetakchisiga aylandi
6.07.2020 11:00,  
378

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amakivachchasi Roman Putin "Korrupsiyaga qarshi xalq" (Narod protiv korrupsii) partiyasining rahbari etib saylandi. Qaror partiya qurultoyida qabul qilindi, deb xabar beradi RBK nashri.

Putin yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylandi. "Roman Igorevich Putinni besh yillik muddatga Butunrossiya "Narod protiv korrupsii" siyosiy partiyasining raisi va rahbari etib saylandi", - dedi partiya raisi Grigoriy Anisimov.

Partiyaning ustuvor vazifasi sifatida Roman Putin sentyabrda bo‘lib o‘tadigan mintaqaviy saylovlarda, keyin esa partiyasidan biror deputat saylanmagan Davlat Dumasiga bo‘lib o‘tadigan saylovlarda qatnashishini aytdi. Partiyaning yangi rahbariga ko‘ra, u "davlat faoliyatining turli-tuman sohalarida" juda ko‘p rejalarga ega. "Siz sezganingizdek, bizda juda faol partiya a’zolari bor. Bugun partiya a’zolaridan biri byudjet mablag‘larini tejash uchun to‘qqiz trillion rubl miqdoridagi qator tadbirlarni e’lon qildi ", - dedi Putin.

Roman Putin 2020 yil 21 iyunda partiyaning Moskva sho‘basi a’zosiga aylandi. Umumiy siyosiy kengash byurosi Putinni partiya raisi etib tayinlash uchun ovoz berishni tavsiya qildi. "Partiya korrupsiyaga qarshi kurash, rivojlanish va turli ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishda yangi turtki bo‘ladi", - dedi Anisimov o‘z bayonotida.

Roman Putin mamlakat prezidentining qarindoshi Igor Putinning o‘g‘li. U "Putin Konsulting" MChJga egalik qiladi. Kompaniya Buyuk Britaniyada tashkil etilgan bo‘lib, ilgari Putin Consulting Ltd. deb nomlangan.

Bundan tashqari, Putin neft mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi Zvezda Oil kompaniyasining bosh direktori, shuningdek Rusyugexport (transport bilan shug‘ullanuvchi), Arbat Neftegaz (yoqilg‘i ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi) va Partner Vostok (avtomobil qismlarini ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi) shirkatlarining egasi.

Roman Putin shuningdek, Rossiya akademik jamg‘armasi boshqaruvi raisi hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан