Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putinni tanqid qilgan polkovnikka qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi
26.02.2020 12:48,  
1265

Moskva viloyati huquq-tartibot idoralari Rossiya Federatsiyasi Prezidentiga yo‘llangan shov-shuvli xat muallifi polkovnik Mixail Shendakovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. U Ukrainadagi vaziyatni va Qrimning Rossiya Federatsiyasiga qo‘shib olinishi munosabati bilan Rossiyaning pozitsiyasini keskin tanqid qildi.

"MK"ga ma’lum bo‘lishicha, Jinoyat kodeksining 282-moddasi 1-qismi bilan Moskva viloyati Tergov qo‘mitasining Bosh tergov boshqarmasi Krasnogorsk tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Shendakov " target="_blank" rel="noopener">Youtube da adovatni qo‘zg‘ashga qaratilgan videochiqishlarni joylashtirganlikda, shuningdek, ma’lum bir ijtimoiy guruhga mansublik belgisi bilan insonning qadr-qimmatini kamsitishda ayblanmoqda.

Shendakov - zaxiradagi polkovnik. Harbiy muhandislik qo‘mondonlik maktabining bitiruvchisi. Kavkaz va Afg‘onistondagi urushlarda qatnashib, medallar bilan taqdirlangan. "Rossiya marshi"da bir necha bor ishtirok etgan va amaldagi hokimiyatning harakatlari Rossiyaning qulashiga olib kelishini ta’kidlagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан