Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putinning dastxati Moskvadagi auksionda 340 ming rublga sotildi
21.02.2020 15:53,  
246

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning amerikashunos Valentin Zoringa yo‘llagan shaxsiy dastxati Moskvadagi kim oshdi savdosida 340 ming rublga sotildi, deya xabar beradi "12-stul" auksion uyi matbuot xizmati.

V.V.Putinning dastxati

 

Bundan tashqari auksionda, "Igra prestolov" romanining muallifi yozuvchi Jorj Martinning rus nashrida qoldirgan kitobi 15 ming rublga, Sergey Shnurov imzolagan "Gruppirovka Leningrad" beysbolkasi 4200 rublga sotilgan. 
Shuningdek, Astrid Lindgren, kosmonavtlar Yuriy Gagarin, Valentina Tereshkova va boshqalarning avtograflari o‘z xaridorlarini topdi.

Taniqli rejissyor va ssenariy muallifi Andrey Tarkovskiy nomi bilan bog‘liq lotlar eng ommabop bo‘lgan. Jumladan, uning "Zerkalo" filmi ustida ishlayotganda yozgan yozuvlari 160 dan 650 ming rublgacha bo‘lgan narxlarda auksion bolg‘asining ostida sotildi.

Tarkovskiy bilan aktyorlar Aleksandr Kaydanovskiy va Anatoliy Solonitsinlar birgalikda "Stalker" filmidagi s’yomka jarayonidan tasvirlangan to‘plamlari, ya’ni plyonkaning negativi va asl fotosuratlari boshlang‘ich narxdan ikki baravar qimmat 120 ming rublga sotildi. 
Gruziyalik rassom A. Rijinashvilining Andrey Tarkovskiy va Sergey Parajanov tomonidan 1981 yilda imzolangan katalogi 195 ming rublga sotildi, - deb qo‘shib qo‘ydi auksion uyi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан