Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putinning harbiy jinoyatchi sifatida mahkamaga tortilishi qanchalik haqiqatga yaqin?
8.04.2022 22:30,  
671

Keyingi paytlarda bir qator G‘arb davlatlari rahbarlari Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirishga buyruq bergani uchun harbiy jinoyatchi sifatida mahkamaga tortishni talab qilmoqda. Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Sky News telekanaliga bergan intervyusida bu talab nechog‘li haqiqatga yaqin ekaniga oydinlik kiritdi.

Telekanal boshlovchisining «Putin harbiy jinoyatchi sifatida sudda javob berishidan xavotirlanadimi?» degan savoliga javob bergan Peskov «Yo‘q, buning hech qanday ehtimolini ko‘rmayapmiz», – deb ta’kidlagan.

Joriy yil 24 fevral kuni Rossiya qo‘shini Ukraina hududiga bostirib kirgach, kollektiv G‘arb Kremlga nisbatan keng ko‘lamli moliyaviy-iqtisodiy jazo choralari joriy etdi. Amerika prezidenti Jo Bayden esa Rossiya rahbarini harbiy jinoyatchi deb atadi.

Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Spiegel nashriga bergan intervyusida Rossiya prezidenti V.Putin hamda tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov harbiy jinoyatlari uchun mahkama qarshisida javob berishi kerakligini ta’kidladi. Germaniya yetakchisi rossiyalik hamkasbini «urush olovini yoqayotgan bunkerdagi shaxs» deb atagan. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан