Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Putinning maxfiy saroyi» haqidagi video bir kunda rekord miqdorda tomosha qilindi
20.01.2021 21:49,  
9811

Korrupsiyaga qarshi kurash fondi (FBK) «Putinning saroyi. Eng katta pora haqidagi hikoya» filmi 21 milliondan ortiq tomosha qilindi. FBK ma’lumotlariga ko‘ra, 100 milliard rublga baholangan ushbu saroy Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ikki yaqin do‘sti - Igor Sechin va Nikolay Tokarev boshchiligidagi «Rosneft» va «Transneft» davlat kompaniyalari mablag‘lari hisobidan bunyod etilmoqda va saqlanmoqda.

Maydoni 17691 kvadrat metr bo‘lgan bino Rossiyadagi eng yirik xususiy turar-joy binosi hisoblanadi. Qo‘shni hududda muz saroy, cherkov, issiqxona, choyxona va dengizga qaragan tunnel mavjud.

Putinning matbuot kotibi Peskov tergovchilar so‘roqlariga hech qanday yangilik ayta olmasligini, bu kabi materiallar faqat aholidan pul olish maqsadida uyushtirilishini aytib o‘tgan.

Avgust oyida Korrupsiyaga qarshi kurash fondi rahbari Navalniy zaharlangan va keyin davolanish uchun Germaniyaga yetkazilgandi. Reabilitatsiya kursidan so‘ng u 17 yanvar kuni Rossiyaga qaytib keldi va zudlik bilan vaqtinchalik hibsga olindi. 

Yevropa Ittifoqi va AQSh zudlik bilan Navalniyni ozod etishga chaqirdi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан