Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putinning muxolifi Aleksey Navalniy zaharlanishdan keyin komaga tushib qoldi
20.08.2020 14:39,  
355

Rossiyada amaldagi tuzum muxolifi Aleksey Navalniy zaharlangandan so‘ng komaga tushib qoldi. Bu haqda uning matbuot kotibi Kira Yarmish ma’lum qildi. 

Hozirda u hushsiz va IVL apparatga ulangan. Tomskdan Moskvaga parvoz paytida siyosatchi samolyotda o‘zini yomon his qilgan va samolyot Omskka favqulodda qo‘nganidan keyin kasalxonaga yotqizilgan. Omsk kasalxonasi bosh vrachining o‘rinbosari Anatoliy Kalinichenko "Navalniy zaharlangani aniq emas" dedi. TASS manbasining ta’kidlashicha, huquq-tartibot idoralari siyosatchining qasddan zaharlanishi versiyasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q. 

 

«Aleksey hali ham sun’iy shamollatish uskunasida. U og‘ir ahvolda komada. Hozircha test natijalari yo‘q», - deb yozdi Yarmish xonim Tvitterda. Uning so‘zlariga ko‘ra, jonlantirish bo‘limida ko‘plab politsiya xodimlari bor. Keyinchalik Tergov qo‘mitasi xodimlarining kelishi haqida ma’lum bo‘ldi. NGS-Omsk xabariga ko‘ra, FSB xodimlari ham voqea joyida. Politsiya tekshirishni boshladi.

Kira Yarmishning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 12:00 (Toshkent vaqti bilan 11:00) shifokor, testlarni ko‘rsatishga va’da bergan, yana ikki soat kutishni so‘raydi. U Aleksey Navalniyning shaxsiy shifokori, Shifokorlar ittifoqi rahbari Anastasiya Vasileva bilan gaplashishni rad etadi. ... Bu orada, Vasileva xonim Omskka ketayotganini yozdi.

 

RIA Novostining yozishicha, janob Navalniy bortida bo‘lgan Tomsk-Moskva reysi paytida u hech narsa yemagan va ichmagan. Avvalroq, siyosatchining kun davomida yagona ovqatlanish joyi Vena qahvaxonasida bir stakan choy ichgani haqida xabar berilgan edi. Qahvaxona ma’muriyati voqeani tergov qilishda politsiya va hokimiyat bilan hamkorlik qilmoqchi. Life Shot Telegram kanali o‘z manbasiga tayanib, "Navalniyning dastlabki tashxisi - bu noma’lum psixodisleptik tomonidan o‘tkir zaharlanish", deb xabar bergan edi.

Psixodisleptiklar gallyutsinatsiyalarni keltirib chiqaradigan moddalardir. Bularga, xususan, lirika, trigan-D, tropikamid va ba’zi narkotik turlari kiradi.

Omsk Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining o‘rinbosarlaridan biri siyosatchi joylashgan shifoxonaga yetib keldi, deb xabar beradi RIA Novosti. Shuningdek, vazirlik matbuot xizmati "Interfaks" ga ma’lum qilishicha, janob Navalniyga yordam ko‘rsatishda barcha turdagi mutaxassislari jalb qilingan. Bu orada Rospotrebnadzorning Tomsk bo‘limi zaharlanish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshirishni boshladi.

Aleksey Navalniy Omsk shahridagi №1 tez tibbiy yordam kasalxonasiga yotqizilgan. 

Eslatib o‘tamiz, bir yil oldin Aleksey Navalniy Moskva shifoxonalaridan birida shoshilinch allergik reaksiya belgilari bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Kasalxonaga yotishdan oldin u maxsus hibsxonada edi. Siyosatchi uning zaharlanganini istisno qilmagan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан