Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Putin va Medvedevning 2019 yildagi rasmiy daromadi miqdori ochiqlandi
15.08.2020 13:32,  
1374

2019 yilda Prezident Vladimir Putin 9 million 726 ming 595 rubl (1,4 mlrd. so‘m) miqdorida daromad oldi. Bu bir yil oldingi daromadlardan 1,1 million rubl (154,9 mln. so‘m) ga ko‘proq. Bu haqda Kreml veb-saytida e’lon qilingan daromadlar to‘g‘risidagi hisobotga tayanib "Kommersant’" nashri xabar beradi. 

Xuddi o‘tgan yilgidek, Rossiya prezidenti 77 kv. m va maydoni 18 kv.m bo‘lgan garajga egalik qiladi. Janob Putin, shuningdek, 153,7 kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan kvartiraga ega. Vladimirovich ikkita GAZ M21 ("Niva" yo‘ltanlamasi va "Skif" tirkamali mashina) rusumli avtomashinasini deklaratsiyada ko‘rsatgan, u yangi transport vositalariga ega bo‘lmagan.

Ramzan Qodirovning o‘tgan yilda qancha daromad qilgani ochiqlandi

2018 yilda Vladimir Putin rasman 8 million 648 ming 353 rubl daromad qildi. Bir yil oldin, uning e’lon qilingan daromadi 18 million 728 ming 268 rublni tashkil etdi - keyin prezident o‘ziga tegishli yerni sotgan, sotishdan tushgan daromad deklaratsiyada qayd etildi.

Rossiya Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev 2019 yilda 11 million rubl daromad qildi, 2018 yildan beri uning daromadi 1,1 million rublga oshdi. Janob Medvedevning asosiy daromadi uning bosh vazir bo‘lgan paytiga to‘g‘ri keladi. 2020 yil 15 yanvarda prezident uning iste’fosini qabul qildi va Mixail Mishustin yangi bosh vazir etib tayinlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан