Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Pyotr Poroshenko koronavirus yuqtirdi
30.09.2020 11:23,  
115

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirdi. Bu haqda Poroshenkoning o‘zi ma’lum qildi va infeksiya test orqali tasdiqlanganligini tushuntirdi.

«So‘nggi olti yil ichida men oyoqlarimdagi kasalliklarga dosh berishga odatlandim. Ammo bu [касаллик] ayyordir. Juda ayyor. Shuning uchun, bugundan boshlab meni uyda davolashmoqda», - deb yozdi Poroshenko o‘zining tvitterdagi sahifasida.

 

Ukrainaning sobiq prezidenti mamlakatning barcha aholisiga o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilishni maslahat berdi.

Avvalroq ukrainalik boshqa siyosatchi, "Batkivshchina" partiyasi rahbari va sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko ham COVID-19 yuqtirgan edi. Koronavirus bilan kasallanganlar orasida Ukrainaning amaldagi prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya ham bor.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda COVID-19 yuqtirishning 3627 yangi holati aniqlandi, pandemiya boshlanganidan beri deyarli 205 ming kishi infeksiya yuqtirdi, 4065 kishi vafot etdi (oxirgi 24 soat ichida 69 ta).

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан