Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






PZR test natijalarini qalbakilashtirib sotayotgan shaxslar ushlandi
5.11.2021 09:22,  
212

2021 yil 22 oktyabr kuni Farg‘ona viloyati IIB TXTBga kelib tushgan ma’lumotga asosan, moddiy manfaatdorlik evaziga fuqarolarga Davlat chegarasidan o‘tish uchun koronavirus infeksiyasi natijalari haqida qalbaki ma’lumotnoma tayyorlab beruvchi shaxsni fosh etish bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

O‘tkazilgan tadbir davomida, 1987 y.t. Quva tumanida yashovchi X.M. o‘zi ishlaydigan Quva tumanidagi “OMAD YuRT FAROVONLIGI” nomli aviakassa ichida tezkor tadbirga jalb qilingan “maxsus mijoz”ga ekspress PZR-test tahlilining “manfiy” natijasi haqida qalbaki ma’lumotnomani tayyorlab berish uchun 150 ming so‘m pul olgan vaqtida ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, 29 oktyabr kuni Xorazm viloyati Urganch shahridagi «UZ MED» xususiy klinikasi ishyurituvchisi 2000 y.t. Urganch tumani, G‘oybu qishlog‘ida yashovchi Sh.R. tezkor tadbirga jalb qilingan “maxsus mijoz”ga ekspress PZR-test tahlilining “manfiy” natijasi haqida ma’lumotnoma tayyorlab berish uchun 340 ming so‘m pullarini olgan vaqtida Xorazm viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan ushlangan.

Bundan tashqari, 3 noyabr kuni Samarqand viloyati IIB TXTB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, 2001 y.t. Samarqand viloyatining Samarqand shahrida yashovchi F.M. tadbirga jalb qilingan “maxsus mijoz”ga PZR-test tahlilining “manfiy” natijasi haqida ma’lumotnoma tayyorlab berish uchun 150 ming so‘m pul olayotgan vaqtida aniqlanib ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан