Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qabriston sababli tojik-qirg‘iz chegarasida nizo chiqdi
23.05.2019 22:20,  
16

Tojikiston chegara qo‘shinlari bosh boshqarasi tomonidan yuz bergan nizo yuzasidan izoh berdi. 

Hodisa 22 may kuni Qirg‘iziston Batkent viloyati Qora-Bak qishlog‘idagi Eski Mozor hududida sodir bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, mahalliy aholi vafot etgan fuqaroni daft etish uchun qabristonga o‘tishgan. Qabristonda tojik chegarachilari paydo bo‘lganda, ular orasida janjal yuz beradi. Qirg‘izistonliklar tojik chegarachilari qabriston hududidan ketishini talab qildi.

Shunda, chegarachilar osmonga qarata ogohlantish o‘qini uzadi.  

Tojikiston chegara qo‘shinlari ma’lumotlariga ko‘ra, mojaroni qirg‘izistonliklar keltirib chiqarishdi: 200 yaqin qirg‘izistonliklar Tojikiston hududiga kirib, 700 metr ichkariga o‘tishdi.

Tojikiston chegara xizmati ta’kidlashicha, qabriston Tojikiston hududida joylashgan.

“Tojikistonning qo‘riqlanadigan hududiga qirg‘izistonliklarni noqonuniy kirishini oldini olish maqsadida” ogohlantirish o‘q otish amalga oshirilgan.

Eski Mozor uchastkasidagi qabriston Tojikiston davlat chegarasining shartli chizig‘idan 150 metr masofada joylashgan. Mahalliy uchastka ro‘yxatga olinmagan, biroq aslida qirg‘izistonliklar tomonidan foydalanilgan.

Vaziyat chegaralar nazorati ostiga olingan. Qishloq aholisi bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан