Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qachondan Saudiya Arabistoniga kirish mumkinligi ma’lum qilindi
15.09.2020 17:44,  
822

Saudiya Arabistoni hukumati o‘z fuqarolarining chet elga chiqishi va mamlakatga qaytishiga 2021 yilning 1 yanvaridangina ruxsat berishi mumkin. Bu haqda mamlakatning rasmiy SPA agentligiga tayanib Azon.uz xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, avtomobil, dengiz va havo yo‘li orqali harakatlanishga qo‘yilgan taqiq kelgusi yilning boshida olib tashlanadi. Taqiqning aynan qachon bekor qilinishi to‘g‘risida 30 kun avval avval xabar beriladi.

Shundan so‘ng Fors ko‘rfazi arab davlatlari hamkorlik kengashiga a’zo mamlakatlarning fuqarolari hamda vizasi bor xorijliklarning Saudiya Arabistoniga kirishiga ruxsat etiladi. Ular koronavirusga chalinmagani haqida 48 soat avval olingan ma’lumotnomaga ega bo‘lishlari zarur. Bundan tashqari, Saudiya Arabistoni hukumati umra safarlarini bosqichma-bosqich tiklashga va’da bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Saudiya Arabistoni barcha xalqaro qatnovlarni mart oyining boshida to‘xtatgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан