Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qadr kechasida uyingizda ibodat qiling! - Musulmonlar idorasi
19.05.2020 22:15,  
2081

O‘zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo hay’ati Ramazon oyinining oxirgi o‘n kunligida ming oydan ham yaxshi, duolar ijobat bo‘ladigan barokatli Qadr kechasini qanday o‘tkazish haqida tavsiyalar berdi.

Payg‘ambar alayhissalom ushbu kechani ibodat bilan o‘tkazishga targ‘ib qilar edilar. Lekin bu kechada o‘qiladigan maxsus namozni belgilab bermaganlar, odatdagidek tarovih va tahajjud namozlari o‘qiladi.

Ushbu fazilatli kechani ko‘proq ibodat, namoz, zikr, Qur’on tilovati hamda iltijo, tazarru’ duolar bilan o‘tkazishimiz kerak. Inson o‘zining ota-onasi va yaqinlarining haqqiga ofiyat va saodat, yurt tinchligi va turli balolarni daf bo‘lishini so‘rab, duo qilishi ayni muddaodir. Ayniqsa, ushbu kechada Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam ta’lim berganlaridek:

“Ey Alloh, albatta, Sen gunohlarni afv qiluvchisan, afv qilishni yaxshi ko‘rasan, bizlarni afv et!” – duosini ko‘p aytish mustahabdir.

 O‘rni kelganda shuni tavsiya sifatida aytamizki, Qadr kechasini har kim o‘z uyida o‘tkazgani sunnatga muvofiq bo‘ladi. Chunki birorta hadisda bu kechada to‘planish, ziyofat qilishga targ‘ib yo‘q. Mujtahid ulamolar va ulardan keyingi olimlarning so‘zlarida ham Qadr kechasi uchun jamlanishni fazilatli amal ekanini topa olmaymiz. Aslida tungi ibodat va zikrlar yolg‘iz holda, odamlarning ko‘z o‘ngidan yiroqda, riyo va sum’adan xoli tarzda ado etilishi bilan fazilatlidir.

"Qolaversa, hozirgi karantin qoidalari davom etib turgan vaqtda bir joyga jamoat bo‘lib yig‘ilish o‘z jonini tahlikaga qo‘yishdir. Shuning uchun har birimiz uyimizda qolib, oila davrasida ibodat qilaylik va Qadr kechasini imkon qadar fayzli o‘tkazaylik.

Alloh taolo bu kechadagi duo va ibodatlarimizning barakotidan tez kunlarda yurtimizni har xil kasalliklardan xalos qilib, turli balo-ofatlardan O‘z hifzu himoyasida saqlasin!" deyiladi Musulmonlar idorasi maqolasida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан