Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qamashida odamlarning qo‘y-qo‘zilarni bo‘g‘izlab ketgan noma’lum hayvon o‘ldirildi
16.05.2021 10:27,  
783

Kecha, 14 may kuni Qamashi tumani «Boburtepa» mahallasi Pasttol qishlog‘ida noma’lum hayvon mahalliy aholi vakillari tomonidan urib o‘ldirildi. Bu haqda «Nasafnews» manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hayvon qishloqdagi qo‘y-qo‘zilarni ko‘p marotaba bo‘g‘izlab ketgan. Aholi esa buning sababini bilmagan.

Manba ushbu xabar yuzasidan «Boburtepa» mahallasi raisi Najim Norboyevdan qo‘shimcha ma’lumot oldi. Rais noma’lum maxluqni «Chupakabra» deb taxmin qildi.

«Qishloqda 10 talar qo‘zini yedi birinchi. Bizlar kuchuk yeganmi deb, ushlay olmay yurgandik. Fuqarolarimizdan birining hovlisiga kirganda, ushlab kecha hayvonni o‘ldirishibdi», – deydi rais.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil mart oyining so‘nggi kunlarida Kasbi tumanida ham shunga o‘xshash voqea sodir bo‘lgandi. Qo‘y va echkilarni bo‘g‘izlab ketayotgan noma’lum hayvon odamlar tomonidan o‘ldirilgandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан