Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qamchiq dovonida 3 kishining hayoti saqlab qolindi
26.05.2020 12:27,  
251

Joriy yilning 25 may kuni “Qamchiq” maxsus yong‘in qidiruv-qutqaruv boshqarmasiga “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lida harakatlangan “HOWO” rusumli yuk mashinasi yo‘l chetida to‘xtab turgan “Damas”ning orqa qismidan kelib, to‘qnashuv sodir etganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

FVV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, to‘qnashuv tufayli “Damas” avtomashinasi o‘zidan oldinda to‘xtab turgan “MAN” rusumli yuk mashinasiga urilgan.

Foto: FVV

Oqibatda “Damas” avtomashinasining haydovchisi Yu.N hamda ushbu avtoulovdagi yana ikki nafar fuqaro tan jarohati olgan.

YTHda jabrlangan fuqarolarni o‘z vaqtida qutqarib qolish uchun boshqarma tezkor navbatchi guruhi voqea joyiga zudlik bilan yetib bordi va qutqaruvchilar tomonidan ularga birinchi hamda psixologik yordamlar ko‘rsatilib, Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazildi. Xodimlarining keskin vaziyatda qabul qilgan to‘g‘ri va tezkor choralari natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yana bir fojianing oldi olindi, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан