Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Qamchiq” dovonida paxta ortilgan yuk mashinasi yonib ketdi (VIDEO)
8.07.2021 13:31,  
278

FVV qutqaruvchilari “Qamchiq” dovonida YTH oqibatida paydo bo‘lgan yong‘inni bartaraf etdilar.

Hodisa bugun, 8 iyul kuni ertalab soat 07:00 lar atrofida, “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 242-kilometrida sodir bo‘lgan. “Qamchiq” dovoni orqali harakatlanayotgan paxta tolasi ortilgan yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotish natijasida qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan. Oqibatda yuk mashinasi yonib ketgan.

Quvonarlisi, mashina haydovchisi salondan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan va shu sababli jiddiy jarohat olmagan. FVVning “Qamchiq” maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, bir necha daqiqada yong‘inni bartaraf etdilar. FVV qutqaruvchilarining tezkor harakatlari natijasida mashinaga ortilgan yuklarning katta qismi yong‘indan saqlanib qolingan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан