Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






“Qamchiq” dovonida transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatildi
24.03.2020 09:33,  
312

Farg‘ona vodiysini qo‘shni viloyatlar va chegaradosh davlatlar bilan bog‘lovchi barcha yo‘llarda vaqtinchalik karantin postlari tashkillashtirilganligi haqida xabar berilgan edi. Hozirgi vaqtga kelib, xavfli virusning tarqalishini oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyatini Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi “Qamchiq” dovonida ham vaqtincha transport vositalari harakati cheklandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qildi.

Faqatgina Farg‘ona viloyatidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi.

"Fuqarolardan ushbu cheklovlarni to‘g‘ri qabul qilishlarini, olib borilayotgan tadbirlar va belgilangan tartiblarga qat’iy amal qilish orqali xavfli virusning respublikamizda tarqalishini oldini olishga o‘z xissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz!", deyiladi Axborot xizmati xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан