Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qamchiq dovonidagi haydovchilar ogohlantirildi
16.11.2021 14:45,  
52

O‘zgidromet Qamchiq dovoni yo‘lida yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkinligi sababli ogohlantirish bilan chiqdi.

Sinoptiklar ma’lumotlariga ko‘ra, 17 noyabr kuni A-373 Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor yog‘adi. 

Yog‘ingarchilik vaqti-vaqti bilan kuchadi. Tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 metr/sekunddan 25-27 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda.  Yo‘llarda yaxvonlik va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Avvalroq Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi kuzatilayotgan ob-havo sharoitida haydovchilardan yo‘llarda ehtiyot bo‘lishni so‘ragandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан