Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Qamchiq"da "benzovoz" yonib ketishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi
1.07.2021 19:28,  
181

Bugun soat 14:25 da Toshkent — O‘sh xalqaro avtomobil yo‘li «Qamchiq» dovonining 260-kilometrida Farg‘ona vodiysi tomon harakatlanayotgan yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasida (benzovoz) yong‘in kelib chiqqan. 

FVVning xabar berishicha, mazkur holat yuk mashina haydovchisining boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyat yuzaga kelgan joyga FVVning «Qamchiq» maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasi zudlik bilan yetib borgan. Qutqaruvchilar yonib ketgan yuk mashinasini tezda o‘chirishga muvaffaq bo‘ldilar. Afsuski, ushbu hodisa natijasida yoqilg‘i quyish mashinasining salonida bo‘lgan ikki kishi halok bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан