Qamoqda saqlanayotgan Aleksey Navalniy Polshaning «Ozodlik ritsari» mukofoti laureati deb topildi

Qamoqda saqlanayotgan Aleksey Navalniy Polshaning «Ozodlik ritsari» mukofoti laureati deb topildi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Polshaning Kazimir Pulavskiy jamg‘armasi tomonidan ta’sis etilgan «Ozodlik ritsari» mukofoti laureati bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar qildi

«Ozodlik ritsari» mukofoti 2005 yildan buyon «butun dunyoda demokratiya, erkinlik va tenglik taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan» odamlarga beriladi. Ilgari, uni olgan rus millatiga mansub yagona odam Mixail Xodorkovskiy edi.

Taqdirlash marosimi 5 oktyabr kuni Varshavada bo‘lib o‘tadi. Iv Rocher ishi bo‘yicha koloniyada bo‘lgan Navalniy o‘rniga uning sheriklari Vladimir Milov va Leonid Volkov mukofotni olishadi.

Shu yil boshida Aleksey Navalniy Boris Nemsov nomidagi Jamg‘arma mukofoti (u mukofotning pul qismini siyosiy mahbuslar oilalariga sovg‘a qilgan) va Jeneva Inson huquqlari forumi mukofoti laureati bo‘lgan.