Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qamoqqa olishga yetarli asoslar bo‘lmagani sababli bloger Dadaxon Haydarov ozod etildi
3.09.2020 10:04,  
208

So‘x tumanida yuz bergan ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganlikda gumon qilinib shu yilning 22 avgustidan buyon ushlab turilgan bloger Haydarjon Bobohaydarov (Dadaxon Haydarov) 2 sentyabr kuni ozodlikka chiqarilgan. Bu haqida uning advokati Hamidaxon Abdunazarova Kun.uz'ga ma’lum qildi.

Advokatning ma’lum qilishicha, himoyasi ostidagi shaxsni jinoyat ishida ayblanuvchi tariqasida jalb etish va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish uchun yetarli asoslar bo‘lmagan. Shu sababdan u tergov organining qarori bilan qo‘yib yuborilgan.

Advokat so‘xlik blogerga nisbatan to‘plangan dalillar yetarli emasligini aytmoqda

Eslatib o‘tamiz, may oyida So‘x tumanida bo‘lib o‘tgan ommaviy tartibsizliklar ortidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida bir necha kishi hibsga olingani haqida xabar berilgandi.

Keyinchalik ular orasida bosh vazir bilan uchrashuvda viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyevning iste’fosini so‘ragan bloger Haydarjon Bobohaydarov ham borligi ma’lum bo‘ldi.

«Boshiga xalta kiygizib, vertolyotda olib ketishdi» — so‘xlik blogerning otasi

29 avgust kuni Gazeta.uz saytida e’lon qilingan materialda blogerning otasi o‘g‘li 22 avgust kuni vertolyotda «boshiga qop kiydirib» olib ketishgani haqida aytdi.

30 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda blogerning onasi Aziza Eraliyeva videomurojaat qilib, prezidentdan farzandini afv etishni so‘radi.

«So‘x voqeasida» Bosh vazirdan Shuhrat G‘aniyev iste’fosini talab qilgan bloger qamoqqa olingani aytilmoqda

31 avgust kuni Bosh prokuratura Haydarjon Bobohaydarovning hibsga olingani haqida axborot berdi. Unda Bobohaydarov jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 226-moddasi (ushlab turilganlarni saqlash joylari) tartibida ushlangani aytildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан