Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qamoqxonadagi mahkumlar ozodlikka chiqish uchun bir-biriga virus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi
12.05.2020 19:15,  
527

AQShning Los-Anjeles shahridagi qamoqxonadagi 21 nafar mahkum, muddatidan avval ozod bo‘lish uchun bir-biriga qasddan koronavirus yuqtirgani aniqlandi.

Ayni vaqtda Amerikadagi epidemiyaning markaziga aylangan Kaliforniya shtatidagi bu qamoqxonadagi mahkumlarning bu xatti-harakati xavfsizlik kameralari orqali aniqlangan. 

Mahkumlar avvalroq bu virusni yuqtirib olgani uchun ozod qilingan boshqa bir mahkumning maskasini navbat bilan taqishgan, keyinchalik koronavirus aniqlangan u insonning idishidan suv ichgan holda virus bilan kasallanishga urinib ko‘rishgan.

Qamoqxona xodimlari bu holatni aniqlaganidan keyin, mahkumlar koronavirus uchun test topshirgan. Test natijalariga ko‘ra 21 nafar mahkumda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan.

“Ozod bo‘lishlik uchun qasddan virus yuqtirganlari bizni xafa qildi, bunday holatlar boshqa takrorlanmasligi uchun qamoqxona qoidalariga o‘zgartirish kiritamiz”, deb aytib o‘tgan qamoqxona rahbari Aleks Villanuyeva.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан