Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qanday banknotalarni ayirboshlash shoxobchasi qabul qilmaydi?
9.08.2019 16:49,  
22

Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritildi.

Taqdim etilgan chet el valyutasining haqiqiyligi va muomalaga yaroqliligi texnik vositalar yordamida tekshirilgandan so‘ng valyuta ayirboshlash operatsiyalari amalga oshirilishi qat’iy bayon etilgan.

Haqiqiyligiga shubha tug‘ilgan naqd chet el valyutasini ekspertiza qilish uchun vositachilik haqi undirish to‘g‘risidagi talab bekor qilindi.

Shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadigan belgilar aniqlashtirildi:

siyqalanish va ifloslanish darajasi banknota tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini berishi kerak (siyqalanish banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50%idan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan holatlar bundan mustasno);

banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ortiq teshiklar bo‘lsa, ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan va asosiy belgilaridan birining 50%idan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lishi kerak.

Shikastlanish belgilangan me’yorlardan oshgan taqdirda ham banknota muomalaga yaroqsiz deb hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан