Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qanday hollarda YPX xodimi haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishi mumkin?
1.08.2020 15:57,  
1511

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda muhim savollar yuzasidan javob qaytarildi:

Savol: Qanday hollarda YPX xodimi tomonidan haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilishi mumkin?

Javob: Agar qonunchilikda sodir etilgan huquqbuzarlik uchun transportni boshqarish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazo qo‘llash belgilangan bo‘lsa, haydovchilik guvohnomasi YPX xodimi tomonidan olib qo‘yilishi mumkin.

Boshqa hollarda haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yilganda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomaga, shuningdek haydovchilik guvohnomasining taloniga tegishli yozuv kiritiladi va talon haydovchiga qaytarib beriladi.

Masalan: xavfsizlik kamari taqmaganlik uchun haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yish mumkin emas.

Mast holda transport vositasini boshqarganlik uchun esa haydovchilik guvohnomasi olib qo‘yiladi, chunki ushbu huquqbuzarlik uchun transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etish jazosi belgilangan.

Transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish chorasi faqat sud tomonidan qo‘llaniladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан