Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Qarg‘aydigan ️GAI xodimi» jazolandi
17.03.2021 08:17,  
433

2021 yil 8 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda «Sirdaryoda qarg‘aydigan GAI xodimi» sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi. Shu yuzasidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotganligi haqida xabar bergandik.

Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining «Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori bilan tasdiqlangan Nizom hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i talablarini buzganligi uchun Sirdaryo viloyati IIB YHXB YPX otryadi birinchi safarbar guruhi YPX inspektori I.Yoqubovga nisbatan «Lavozim maoshining 30% miqdorida jarima» jazosi e’lon qilindi, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан