Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarindoshi bilan turmush qurganlarning har to‘rttasidan biri nogiron farzandli bo‘lgan — ijtimoiy so‘rovnoma
22.12.2021 16:07,  
102

2021 yilning may-iyun oylarida qarindoshlar o‘rtasida nikoh tuzish holatlari va uning sabablarini o‘rganish maqsadida respublikaning 200 ta tumanida 6 974 ta fuqarolar yig‘ini raislari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi boshqarmasi xabar berdi.

Qarindoshlar o‘rtasida tuzilgan nikohlardagi oilalarning hayoti qanday kechayotganini aniqlashga qaratilgan savollarga respondentlarning 25,2 foizida ziddiyat va nizolar uchrab turganligini, 24,9 foiz oilalarda nogiron farzandlar borligi, 8,9 foiz qarindoshlik asosida qurilgan oilalarda muammolar mavjudligi va doimiy quda-andachilikdagi kelishmovchiliklar bo‘layotganligi bildirilgan.

Shuningdek, qarindoshlar o‘rtasida tuziladigan nikohning 58,1 foiz bobo-buvilar, 56,4 foizi ota-onalar, 14,3 foizi tog‘a-xola va amaki-ammalar, 13,2 foizi opa-singillar, 1,2 foizi aka-ukalar va 8,3 foizi boshqa shaxslar tashabbusi bilan tuzilishi respondentlar tomonidan aniqlangan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан