Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qaroqchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 317 o‘quvchi qiz qutqarildi
1.03.2021 09:14,  
3915

Nigeriyada uch kun avval qaroqchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan 317 nafar o‘quvchi qiz ozod qilindi. Bu haqda 28 fevral kuni «Vanguard» gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qizlar Zamfara shtatining ma’muriy markazi — Gusau shahriga yuboriladi. O‘quvchi qizlar uchun to‘lov to‘langanligi to‘g‘risida ma’lumot yo‘q.

26 fevral kuni Nigeriya shimolidagi Jangebe shahrida bir guruh qurollangan shaxslar qizlar o‘qiydigan davlat o‘rta maktab-internatining 300 dan ortiq o‘quvchisini o‘g‘irlab ketgani haqida xabar bergandik.

Xabarlarga ko‘ra, yarim tunda maktab-internatga yo‘ltanlamas va mototsikllar kelishgan. Noma’lum kimsalar davlat xavfsizlik xizmati kiyimida bo‘lishgan. Ular maktab o‘quvchilarini tashqariga olib chiqishib, mashinalarga joylashgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан