Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qars ikki qo‘ldan: endi navbat sudyalar va sud xodimlariga...
23.02.2021 20:48,  
491

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) bilan hamkorlikda jurnalist va blogerlar uchun ikki haftalik maxsus o‘quv kursi tashkil etganidan xabaringiz bor. O‘shandayoq o‘quv-kurslari ikki qismdan iborat bo‘lishi ma’lum qilingandi. 

Birinchi bosqichda huquqiy mavzuga ixtisoslashgan jurnalist va blogerlarning kasbiy malakasini oshirishga ko‘maklashish, xususan, sud protsesslarini yoritishning o‘ziga xos jihatlari  haqida fikr almashildi, bahs-munozara qilindi. O‘quv-kurslari yakunida ishtirokchilarga “Sud va ommaviy axborot vositalari o‘rtasida konstruktiv muloqot” qo‘llanma va sertifikatlar taqdim  etilgandi.

Mana, navbat sudya va sud xodimlariga keldi.

Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kecha, 22 fevral sanasidan boshlab “Sud va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi konstruktiv muloqot” mavzuidagi o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi boshlandi.

Bir haftaga mo‘ljallangan o‘quv-kurslarida sudyalar hamda viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultantlari ishtirok etyapti. Ilk mashg‘ulotda asosan Oliy sud Plenumining Sud muhokamasi oshkoraligini va sudlar faoliyatiga doir axborot olish huquqini ta’minlash to‘g‘risida”giqarori mazmun-mohiyati xususida so‘z bordi. 

O‘quv-kurslari davomida jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash samaradorligini oshirishda matbuot xizmatlarining o‘rni va roli, sud protsesslarida muloqot psixologiyasi , axborot berishning huquqiy asoslari va jurnalistlar bilan muloqotning asosiy qoidalari mavzularida so‘z yuritaladi. O‘quv-mashg‘ulotlari bevosita va bilvosita (onlayn) shaklida bo‘lib o‘tmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан