Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi
22.03.2021 20:08,  
365

“Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (141-son, 16.03.2021 y) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali hamda Qarshi davlat universitetining pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi

Pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash va boshqalar institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.  

Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022 o‘quv yilidan boshlanadi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Qarshi davlat universitetda pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul to‘xtatiladi hamda ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va uning negizidagi tegishli magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar o‘qishni bitirgunlariga qadar universitetda ta’lim jarayonini davom ettiradilar.

Institutga talabalarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha qabul qilish soni har yili belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika OTMlariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан