Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Qarshi-Sankt-Peterburg» yo‘nalishidagi parvozning qoldirilganiga nima sabab bo‘ldi?
27.07.2021 14:59,  
300

“Azur Air” aviakompaniyasining ZF-5044-sonli Boing-739 samolyotida Qarshi-Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi 27.07.2021 yil soat 5.00 da bajarilishi kerak bo‘lgan charter qatnovning qoldirilgani “Qarshi” aeroportidan uchib ketishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

"Uzbekistan Airports " AJ matbuot xizmati ma’lum qilishicha, xavo kemasi ekipaji komandiri samolyot yuki og‘irligi bois, ushbu qatnov bajarilmasligi haqidagi qarorni qabul qildi.

Yo‘lovchilarga “Qarshi” aeroportining mas’ul xodimlari hamda “Azur Air” aviakompaniyasi samolyoti ekipaji tomonidan ushbu qarorga sabab bo‘lgan xolatlar xaqida ma’lumot berildi.

Xozirda aeroport xodimlari tomonidan ushbu 214 yo‘lovchiga kerakli yordam, jumladan nonushta tarqatilib, ularni mexmonxonalarga joylashtirilmoqda va issiq ovqat bilan taminlash kabi masalalar tezkorlik bilan xal qilinmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан